Jeymsning jarohati jiddiy emasligi ma’lum qilindi

  • 07.10.2025 14:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms "Liverpul"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Avvalroq u Uels va Latviyaga qarshi joriy oydagi o‘yinlar uchun Angliya terma jamoasi ro‘yxatiga kiritilmagani ma’lum qilingandi. Uning o‘rniga "Manchester Siti" himoyachisi Niko O’Rayli ilk bor chaqirilgan.

"Football.London" xabariga ko‘ra, Jeymsning jarohati jiddiy emas. U o‘tgan dam olish kunlarida "Liverpul"ga qarshi (2:1) bahsda noqulaylik his etgan va uchrashuvdan keyin bu haqda klub shifokorlariga xabar bergan.

Aniq sog‘ayish muddati aytilmagan bo‘lsa-da, bu muammo qisqa muddatli ekani kutilmoqda. "Chelsi" mutaxassislari Jeyms ikki haftalik terma jamoalar tanaffusidan keyin "Nottingem Forest"ga qarshi safar o‘yiniga tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!