Jokovich "Vienna Open"da o‘z yurishini boshladi

  • 27.10.2020 22:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Jahon tasnif jadvali etakchisi Novak Jokovich Avstriyadagi "Vienna Open" turnirida dastlabki o‘yinini o‘tkazdi.

Musobaqaning 1/16 final bosqichidan bahslarga kirishgan serbiyalik raketka ustasi hamyurti Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan bellashuv 1-tartib raqam ostida saralangan Jokovichning 7:6(8:6), 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi Novak keyingi bosqichda xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!