
Jon Jons Tom Aspinal bilan jang qilish shartini aytdi
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons vaqtinchalik kamar sohibi Tom Aspinal bilan jang qilish shartini ma’lum qildi.
"Bu uchun juda katta pul kerak. O‘tgan yillar davomida moliyaviy masalalarni jamoat maydoniga olib chiqmaslik yaxshiroq ekanini bilib oldim. Endi shunchalik ko‘p pul ishlashni xohlaymanki, men uchun g‘alaba qozonishim ham, yutqazishim ham muhim bo‘lmasin", - dedi amaldagi UFC chempioni matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Jons AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 309" turnirining asosiy to‘qnashuvida Stipe Miochichni nokautga uchratib, kamarini himoya qildi.
Fikrlar