Jon Jons UFC tarixidagi 4 ta eng yaxshi jangchi kimligini aytdi, bu ro‘yxatda Xabib va Konor yo‘q!
Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons promoushen tarixidagi eng yaxshi 4 nafar jangchini sanab o‘tdi.
"Eng yaxshi to‘rttalik - Demetrius Jonson, Anderson Silva, Jorj Sen-Per va men. Ammo bu erda hech qanday ketma-ketlik yo‘q. Biz barchamiz bu sportda haqiqatan ham ajoyib ishlarni amalga oshirdik" - dedi amerikalik "Deep cut with VicBlends" dasturida.
Eslatib o‘tamiz, Jons o‘zining so‘nggi jangini 2024 yilning noyabrida o‘tkazib, hamyurti Stipe Miochich ustidan uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar