
Jon Terri sobiq jamoadoshi Frenk Lempard o‘rniga "Derbi Kaunti" klubini boshqarishi mumkin
Jon Terri sobiq jamoadoshi Frenk Lempard o‘rniga "Derbi Kaunti" klubini boshqarishi mumkin.
"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Chelsi" klubidan "Yuventus"ga ketgan Sarrining o‘rnini egallashi mumkin. Agar bu amalga oshsa Jon Terri "Derbi Kaunti"da Lempard o‘rniga bosh murabbiy lavozimida ish boshlash ehtimoli yuqori.
2018/19 mavsumda Terri "Aston Villa"da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishladi, "Aston Villa" Chempionship pley-off finalida "Derbi"ni mag‘lubiyatga uchratdi va natijada Premer-Ligaga chiqdi. Terri bosh murabbiy sifatida ish boshlamoqchi ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fikrlar