
Jo‘rabek Karimov yana jarohat olganga o‘xshaydi
Gretsiyaning Iraklion shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi "Fyuchers" turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.
Unda ikki tennischimiz Jo‘rabek Karimov va Sergey Fomin ilk davradayoq o‘zaro to‘qnashdi. Ular o‘rtasidagi o‘yin uch set davom etdi. O‘yinda hisob 6:7, 6:4, 6:6 bo‘lib turgan vaziyatda Jo‘rabek jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi.
Shuningdek, juftlik bahslarida Jo‘rabek va Sergey tandemi ilk davrada gollandiyalik tennischilar – Glenn Smits va Gay Den Xaer bilan kuch sinashishi kerak edi. Afsuski, J.Karimov jarohati sabab, tennischilarimiz o‘yinni o‘tkazishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida S.Fomin chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda gollandiyalik Mik Veldxir bilan raqobatlashadi.
Fikrlar