
Joze Mourino: Lo Chelso bunga munosib
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "shporlar" safida ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachi Jovani Lo Chelsoni sotib olish niyatidaligini aytib o‘tdi.
"U bunga munosib deb hisoblayman. Lo Chelso klub uni sotib olishi uchun barchasini bajardi. U juda yaxshi shogird.
So‘nggi vaqtlarda u juda yaxshi o‘ynamoqda. Jovani biz nima xohlayotganimizni juda yaxshi tushundi va barchasini to‘g‘ri bajardi", - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, shartnoma bo‘yicha londonliklar "Betis"ning 23 yoshli argentinalik futbolchisini qishda 32 million evroga sotib olishlari mumkin. Agar ingliz klubi rahbariyati bu ishni yozgacha amalga oshirmasa, unda ular uchun transfer 40 million evroga tushishi mumkin.
Fikrlar