Joze Mourino: Van Deyk va Eriksen o‘yin taqdirini hal qilishadi

  • 31.05.2019 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino ertaga "Liverpul" va "Tottenxem" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Agar har ikkala jamoadan bittadan futbolchi g‘olib bo‘lishi kerak bo‘lsa, men "Liverpul"dan Virjil Van Deykni, "Tottenxem"dan esa Kristian Eriksenni tanlagan bo‘lardim. Chunki, aynan mana shu futbolchilar o‘yin taqdirini hal qilishadi.

Har ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishga ishon bilan maydonga chiqadi. Har ikkala jamoa ham o‘ziga ishonadi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!