“Kalyari” Shomurodov va etti o‘yinchi bilan xayrlashdi

  • 19 mart, 2024, 21:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” FIFA kunlari munosabati bilan bir guruh futbolchisi bilan vaqtincha xayrlashganini ma’lum qildi.

Tecno

- “Kalyari”ning sakkiz nafar  futbolchilari jahon chempionati saralash, Evropa chempionati pley-offi va bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoalaridan taklif olgan.

Eldor Shomurodov 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining saralash bosqichida ikkita o‘yin o‘tkazish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chorlov oldi.

Pantelis Xatsidiakos Evropa chempionatiga chiqish yo‘llanmasini beruvchi pley-off uchrashuvlarida Gretsiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Janluka Lapadula, Naytan Nandez, Antuan Mukumbu va Adam Obert mos ravishda Peru, Urugvay, Kongo Respublikasi va Slovakiya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Matteo Prati va Gaetano Oristanio kabi yosh o‘yinchilar Italiya U21 terma jamoasiga chaqirtirilgan va ular 21 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Evropa chempionati saralashi doirasida ikkita muhim uchrashuvda qatnashadi, - deb bayonot berdi “Kalyari” klubi  matbuot xizmati o‘z rasmiy sayti orqali.

“Kalyari” futbolchilari ishtirok etadigan o‘yinlar taqvimi va raqiblar quyidagicha keltirilgan:

Adam Obert (Slovakiya)

O‘rtoqlik uchrashuvi

23 mart Slovakiya - Avstriya

26 mart Norvegiya - Slovakiya.

Gaetano Oristanio (Italiya U21)

Matteo Prati (Italiya U21)

Evropa chempionati saralashi U21

22 mart Italiya U21 – Latviya U21

26 mart Italiya U21 – Turkiya U21.

Eldor Shomurodov (O‘zbekiston)

Jahon chempionati saralash uchrashuvlari

21 mart Gonkong - O‘zbekiston

26 mart O‘zbekiston – Gonkong.

Janluka Lapadula (Peru)

O‘rtoqlik uchrashuvi

23 mart Peru - Nikaragua

27 mart  Peru - Dominikan Respublikasi.

Pantelis Xatsidiakos (Gretsiya)

Evropa chempionati saralash uchrashuvi

21 mart  Gretsiya - Kozog‘iston

Antuan Makumbu (Kongo)

O‘rtoqlik uchrashuvi

25 mart Gabon – Kongo

Naytan Nandes (Urugvay)

O‘rtoqlik uchrashuvi

23 mart Basklar mamlakati – Urugvay

26 mart Kot-d'Ivuar – Urugvay.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabr oyida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Turkmaniston va Eron terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan edi.

Dekabrda og‘ir jarohat olgan 28 yoshli hujumchimiz Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Srechko Katanets jamoasiga yordam bera olmadi.

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi. U xalqaro miqyosda dami 68 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishg‘ol qilgan va o‘n marta golli pas uzatgan.

Husanov ishonchni oqlagani uchun “Lans” bu mamlakatdan yana bir legioner oladigan bo‘ldi

 

Evropadagi legionerlar reytingiga Shomurodov ham kiritildi

Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?

Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?

Shomurodovning noyob xislati e’tirof etildi

A Seriya: Shomurodov va ro‘za tutayotgan yulduzlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!