Kanada bosh murabbiyi yirik mag‘lubiyat sabablarini aytdi

  • 05.07.2026 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanada terma jamoasining bosh murabbiyi Jessi Marsh jahon chempionati 1/8 finalida Marokashga qarshi o‘yinda (0:3) qayd etilgan mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

- Raqib bir necha vaziyatdan bizga nisbatan yaxshiroq foydalandi, ammo gap intensivlik yetishmasligida emas. Ular hujumlarni yakunlash bosqichida bir oz yuqori mahorat ko‘rsatdi, biz esa hal qiluvchi daqiqalarda o‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanish uchun yetarli ustalik namoyish eta olmadik.

Biroq o‘yinga reja, futbolni tushunishimiz va shu yigitlar guruhining o‘z kuchiga ishongan holda, qo‘rqmay oldinga intilishi, uzoq vaqt mag‘lubiyat ko‘rmagan kuchli raqibga kurash taklif qilishi va uni imkoniyatlari chegarasida o‘ynashga majbur qilishi haqida gapiradigan bo‘lsak — birinchi bo‘limda va ikkinchi taym boshida biz ancha ustun edik. 

Hammasini raqib hisobni ochgan o‘sha epizod hal qildi…

Birinchi taymda maydondagi barcha 11 futbolchi ajoyib o‘yin namoyish etdi. Faqat hisobni ochish uchun bizga bir oz omad yetishmadi, keyin esa mayda-chuyda detallar barcha narsani hal qildi. Ammo muxlislarimiz uchun bu jamoadan faxrlanish uchun katta sabab — u doimo jasorat bilan o‘ynaydi, oldinga intiladi va maydonga g‘alaba qozonish istagi bilan tushadi, — deya Marshning so‘zlarini FIFA sayti keltiradi.

Marokash 1/4 finalda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!