Kannavaro: "Gʻalaba qozonish har doim yoqimli"

  • 29.03.2026 03:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ijtimoiy tarmoq orqali Gabon ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.

"G‘alaba qozonish har doim yoqimli va bu keyingi qadamlarni qo‘yishga yordam beradi. Gabonga qarshi 3:1 hisobi bizni xursand qiladi, lekin biz hali ko‘p narsalarni yaxshilashimiz kerakligini bilamiz. Biz zavqlanishdan to‘xtamaymiz. Biz ishlashdan to‘xtamaymiz", — deb yozdi mutaxassis o‘z Instagram sahifasiga.

Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" 30 mart kuni Venesuelaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!