Kanselu Portugaliyaning "JCH-2026"dagi imkoniyatlarini baholadi
"Barselon" futbolchisi Joau Kanselu Portugaliya terma jamoasining bo‘lajak Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. 31 yoshli qanot himoyachisi milliy jamoasi tarkibidagi ijrochilar darajasi yuqori ekanini ta’kidladi.
"Bunday tarkib bilan Portugaliya Jahon chempionatining asosiy favoritlari qatorida bo‘lishi shart", — dedi Kanselu.
Roberto Martines shogirdlari guruh bosqichida O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi o‘ynaydi, yana bir raqib pley-off natijalariga ko‘ra aniqlandi.
Ma’lumot uchun, mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar