Kapello Anchelottiga bo‘lgan tanqidlarni noinsoflik deb hisoblamoqda
Futbol olamidagi mashhur murabbiy Fabio Kapello Karlo Anchelottiga nisbatan qilingan tanqidlarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Anchelotti bilan bo‘layotganlar – bu uning "Real" bilan erishgan yutuqlariga nisbatan adolatsizlik. Bu hurmatsizlikdir. U o‘z faoliyati davomida eng ko‘p titul yutib olgan murabbiy va dunyoning eng zo‘ri" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Kapello.
Ma’lumotlarga ko‘ra, agar "qirollik klubi" Kubok finalida "Barselona"ga yutqazsa va Anchelotti iste’foga chiqarilsa, klub uning o‘rnini Santyago Solari yoki Raul bilan to‘ldirishi mumkin. Xabi Alonso esa klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng etib kelishi mumkin (Relevo).
Fikrlar