Karlo Anchelotti tanqid qilindi
“Bavariya” klubining afsonalaridan biri Oliver Kan jamoaning Karlo Anchelotti boshchiligida qayd etayotgan natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti va italiyalik mutaxassisni tanqid ostiga olgan.
– Anchelottining “Bavariya”si Xosep Gvardiolanikiga qaraganda kuchsizroq. Jamoa asosan 4-3-3 uslubida o‘ynamoqda. Shuning uchun savol tug‘iladi. Zamonaviy futbolda bir xil taktika bilan o‘ynash mumkinmi? Menimcha klubga Gvardiola singari ko‘p g‘oyalar bera oladigan mutaxassis taklif qilsa ham bo‘ladi, – deydi Oliver Kan Bild nashriga.

Fikrlar