
Karlush Keyrush: "Biz g‘alabaga loyiq edik"
O‘mon bosh murabbiyi Karlush Keyrush O‘zbekistonga qarshi durangdan keyin matbuot anjumanida uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchidan manimcha bu o‘yin juda yaxshi bo‘lib o‘tdi. Biz uchun tayyorgarlik o‘yini edi. Raqibimiz ham juda kuchli edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, bu foydali bo‘lib to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. To‘g‘risini aytsam, bu uchrashuvda biz g‘alabaga loyiq edik".
O‘mon CAFAda JCh 4-bosqich saralashiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etgandan ko‘ra, 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgani yaxshi emasmidi?
"Yaxshi savol. Lekin men O‘monni qabul qilganimda CAFAda ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qilinib bo‘lgan edi. Lekin sentyabrda 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish ham yaxshi bo‘lar edi. Agarda yaxshi tomonini qaraydigan bo‘lsak, bu yoshlar uchun yaxshi tajriba bo‘ladi. Shuningdek, biz bu turnirda ko‘proq uchrashuv o‘tkazishni xohlaymiz".
O‘zbekistonga qarshi Keyrushning yaxshi statistikasining asosiy siri nimada?
"Men O‘zbekiston terma jamoasi yaxshi jamoa ekanligini bilaman. To‘g‘ri, hech qachon meni mag‘lub eta olmagandir, lekin kuchli jamoalardan biri. Shu bilan birga, Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman.
Mening ishim shuki, har bir to‘qnashuvda g‘alaba qozonish. O‘zbekiston terma jamoasi har doim muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi. Men esa vertikal o‘ynab, muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilaman".
Sizning O‘mon murabbiyi etib tayinlanganingizga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Rahbarlar sizdan nimani amalga oshirishingizni so‘rashdi?
"Asosiy vazifa - Jahon chempionatiga chiqish. Biz albatta O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bilan birga, Jahon chempionatiga yo‘l olishni istaymiz. Shuningdek, hozirgi kunda futbolchilarning deyarli barchasi e’tiborini Qatar va BAAga qarshi JCh 4-bosqich saralash o‘yiniga qaratishgan. Bu turnir faqatgina o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi. Shu bois, asosiy maqsad - 2026 yilgi Jahon chempionati".
O‘mon uchun Jahon chempionatiga chiqish uchun nimani bildiradi?
"Albatta, juda ko‘p narsani anglatadi. Agar biz Jahon chempionatiga chiqsak, ko‘plab muxlislarni o‘zimiz bilan olib boramiz. Shuningdek, agar men bu vazifani uddalasam O‘mondan Nyu-Yorkkacha suzib boraman. Aytgancha, men turli xil jamoalar bilan 5 marta Jahon chempionatiga chiqqan murabbiy bo‘lib, tarixga kiraman", - deya ta’rif berib o‘tdi tajribali mutaxassis.
Fikrlar