Karrager: "Liverpul" 5-6 ta gol ham o‘tkazib yuborishi mumkin edi"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Chempionlar ligasi chorak finalida PSJga qarshi ilk bellashuvdagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatga baho berdi.
"Go‘yo quyi divizion jamoasini tomosha qilgandek taassurot qoldi. Qaysidir ma’noda bu hatto yaxshi natija ham, chunki "Liverpul" 5-6 ta gol o‘tkazib yuborishi ham mumkin edi.
Ikki jamoa o‘rtasidagi farq hayratlanarli darajada katta. Ayniqsa, o‘tgan mavsumni hisobga olsak, bu yanada yaqqol ko‘rinadi. O‘shanda "Enfild"dagi javob bahsi haqiqiy keskin ruhda o‘tgan, maydonda ikki top-klub to‘qnashgan edi.
Shundan keyin "Liverpul" transferlar uchun 450 million funt sarfladi. Bu, ehtimol, PSJ yozgi tanaffusda sarflagan mablag‘dan ancha ko‘p.
Shunday katta tafovutni ko‘rish xavotirli. Beixtiyor: "Bu holatga qanday kelib qoldi? Nega barchasi shunchalik yomonlashdi?" degan savol tug‘iladi", — dedi Jeymi Karrager.
Fikrlar