Karrager nihoyat tan oldi
"Liverpul" sobiq himoyachisi va hozirda ekspert hisoblangan Jeymi Karrager portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning klublardagi faoliyati haqida gapirdi.
Karrager 37 yoshli futbolchining muxlisi emasligi va uni ko‘p bora tanqid qilishi hech kimga sir emas. Biroq u hali ham Krishtianuning matonatiga qoyil qolishini ta’kidladi.
"Ronaldu ruhiy jihatdan eng kuchli futbolchilardan biri. Uni hech qachon dam olishga vaqti bo‘lmagan. Messi doim Krishtianuning elkasida bo‘lib kelgan, undan hech qachon oldinga o‘tib ketolmagan", — dedi Karrager.
Eslatib o‘tamiz, ayni dam Ronaldu erkin agent maqomida bo‘lib, Saudiyaning "An-Nasr" klubi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Fikrlar