Kataloniya qahramoni o‘z ismini mamlakat bo‘ylab ommalashtirmoqda
Xujumchi Leo Messi "Barselona" safida 2004 yilda debyut o‘yinini o‘tkazgandi. Shu yili Kataloniyada tug‘ilgan yangi chaqaloqlarning 11 tasiga Leo ismi qo‘yildi.
AS nashri xabariga ko‘ra, har yili ushbu ko‘rsatkich oshib bormoqda. 2019 yilning o‘zida 500 dan ziyod chaqaloqqa Leo ismi berildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ism eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar