“Barselona” Gvardiolaning hujumchisini so‘rayapti

  • 18.04.2022 14:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari Xaviga mos keladigan hujumchi qidiryapti. Bosh murabbiy klub skautlariga yozgi transfer mavsumi uchun to‘purar topish vazifasini yuklagan.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, nomzodlar orasiga “Manchester Siti”ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus qo‘shildi.

Kataloniyaliklar aslida Robert Levandovski bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgandi. Biroq, klub prezidenti Joan Laportaga “Bavariya” talab qilayotgan 60-70 million evrolik badal qimmatlik qilmoqda.

“Barselona” Jezusning “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanishini inobatgat olib, “Manchester Siti”ga 30 million evro taklif qilmoqchi.

Xo‘sh, jamoasida atigi ikkita hujumchisi bor Xosep Gvardiola braziliyalik futbolchini o‘zi boshqargan sobiq klubiga qo‘yib yuboradimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!