Katta tozalash boshlandi: “Chelsi” sakkiz futbolchini haydayapti

  • 21.08.2025 08:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati jamoani ortiqcha o‘yinchilardan tozalash siyosatini davom ettirmoqda. Mutasaddilar bosh murabbiy Entso Mareska talabiga javob bermagan o‘yinchilardan tezroq qutilmoqchi.

The Telegraph nashrining yozishicha, “aristokratlar” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana sakkiz nafar futbolchini ko‘zkazmoqchi.

Ketishi talab etilayotgan orasida “Arsenal”da ijarada o‘ynab qaytgan mashhur yulduz Rahim Sterling ham bor. Sterling klubga qaytdanidan keyin asosiy tarkibga qo‘shilishiga ruxsat bo‘lmadi va haftasiga 300 ming funt maosh olayotgan futbolchi individual shug‘ullanib yuribdi.

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra,  Aksel Disasi, Renatu Veyga, Ben Chiluell, Kerni Chukvuemeki, Tayrik Jorj, Kristofera Nkunku va Nikolas Jekson ham transferga qo‘yilgan. Agar bu o‘yinchilarni sotib yuborish imkoni topilmasa, ular ijaraga jo‘natiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!