Kavani o‘zi porlagan jamoaga o‘tadi

  • 12 dekabr, 2021, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Edinson Kavani tez orada A Seriyaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, urugvaylik to‘purar qishki transferlar vaqtida “Napoli” safiga qo‘shilishi mumkin.

Kavani Manchesterga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin juda kam o‘yinga tushmoqda. Mohir hujumchi bundan norozi va faoliyatining so‘nggi bosqichida ko‘proq to‘p tepishni istayapti.

“Napoli” urugvaylik to‘purar uchun begona emas. Edinson 2010-2013 yillar davomida neapolliklar tarkibida porlagan. U ushbu jamoada jami 104 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 78 marotaba aniq nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!