
Kavaniga jiddiy xaridor chiqdi
“Manchester” hujumchisi Edinson Kavani tez orada Angliyani tark etishi kutilmoqda. Tajribali to‘purarning xaridorlari safi ham kengayib boryapti.
Avvalroq, urugvaylik futbolchi o‘zi porlagan “Napoli”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Endi Kavaniga “Yuventus” og‘iz solyapti.
Qizig‘i, yozda Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin Kavani asosiy tarkibga kirish imkoniyatini yo‘qotgan edi. Turinliklar Ronaldudan bo‘shagan joyga 34 yoshli to‘purarni olib kelmoqchi bo‘lyapti.
Kavanining manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Qishda uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan klablar 10 million evroga yaqin mablag‘dan voz kechishi kerak.
Fikrlar