Kelasi mavsumda "Inter"ning sardori o‘zgaradi

  • 18 fevral, 2023, 15:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines kelasi mavsumda sardorlik bog‘ichiga asosiy nomzod hisoblanadi.

Tecno

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar yozda erkin agent sifatida PSJga o‘tishini oldindan kelishib olgani uchun sardorlikdan mahrum qilindi.

"Neradzurrilar"ning so‘nggi 3 ta o‘yinida Martines jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. Argentinalik hujumchi barcha da’vogarlar orasida jamoa uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, kelasi mavsumdan vaziyat o‘zgarishi mumkin. Klub 25 yoshli hujumchining etakchilik fazilatlaridan qoniqish hosil qiladi va shu bois Lautaro jamoaning yangi sardori bo‘ladi.

Lautaro "Inter" safida 2018 yildan beri to‘p tepadi. U milanliklar safida 212 ta o‘yinda ishtirok etib, 89 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!