Kepa “Chelsi”dan ketishga ko‘ndi. Bunga sabab nima?

  • 18 noyabr, 2020, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishki transfer oynasi ochilishi bilan London klubini tark etishga rozilik berdi. Yozda ispaniyalik darvozabon “Chelsi”da qolib, asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olish uchun boshqa jamoaga o‘tmasligini ta’kidlagandi.

Yangi olib kelingan Eduar Mendining mahoratiga tan bergan Kepa boshqa klubga ijaraga o‘tishdan tashqari, maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham ko‘ndi. U Angliya yoki Ispaniya jamoalaridan biriga o‘tishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Kepa Angliya premer-ligasida uchta uchrashuvda oltita gol o‘tkazib yubordi va biror marta darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.

Investorlar faoliyatini tugatgan Eto'Oni Ispaniya maydonlariga qaytaradi

Zidan “Real”ga Angliyaning eng iqtidorli o‘yinchisini olib keladi

“Chelsi” supertransferga tayyor. Abramovich bu futbolchi uchun 100 million ajratdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!