Kepaga xaridor chiqdi. "Chelsi" uning 75% maoshini to‘laydi

  • 30 iyul, 2022, 21:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini A Seriya klubida davom ettiradi. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi. 

U yaqin vaqtlar ichida London klubini tark etishi kutilmoqda. 27 yoshli darvozabonni "Napoli" ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. 

Ayni vaqtda muzokaralar davom etmoqda va jamoalar kelishuvga erishish arafasida. Ma’lum bo‘lishicha, "aristokratlar" uning 75 foiz maoshini to‘laydi. 

Bonuslar masalasi hamon ochiq. Londonliklar 1.5 million evroga yaqin bonus pullaridan umid qilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, neapolliklar mazkur miqdorni kamaytirish ilinjida. 

Kepa o‘tgan mavsum APL doirasida 4 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol o‘tkazib yuborgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!