
Keyn kelsa, Shupo-Moting ketadi
“Bavariya” Xarri Keyn sotib olishga harakat qilayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, klubni Erik Shupo-Moting tark etadi, deya xabar bermoqda “Sky Sport” nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchi jamoaning asosiy hujumchisi bo‘lishni istaydi. “Bavariya”ning u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralari to‘xtab qolgan. 33 yoshli forvard kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.
Shupo-Moting ushbu mavsum nemis klubi tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar