
Keyn “Real”ga nechta gol urmoqchiligini aytdi
Evropa Chempionlar ligasining yarim finalida “Bavariya” futbolchilari “Real” bilan to‘qnash keladi.
Myunxenliklar to‘purari Harri Keyn bo‘lajak uchrashuvlarda madridliklar darvozasini ishg‘ol qilishga bel bog‘lagan.
- Men “Real”ga bir necha gol urishga umid qilyapman. Kayfiyatim yaxshi, o‘zimga ishonchim baland. Agar jamoadoshlarim butun mavsum davomida bo‘lgani kabi yana menga yordam bersa, buni uddalayman, - dedi angliyalik forvard.
Yarim finalning ikki uchrashuvi 30 aprel va 8 may kunlari o‘tkaziladi.
Harri Keyn “Tottenxem”dan “Bavariya”ga o‘tgan yili yozda ko‘chib o‘tgandi. Yangi jamoasi safida barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 42 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar
Бу - маъсулиятсизлик. Қачон тартибга тушади?!