
Keyn Runini "ranjitdi"
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn safarda gol urish bo‘yicha APLning yangi rekordchisiga aylandi.
"Shporlar" etakchisi kecha APLning qoldirilgan bahsida safarda "Brayton"ga (2:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa angliyalik futbolchining premer-liga doirasida safarda kiritgan gollari soni 95 taga etdi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
“Tottenxem” hujumchisi bu borada “Everton” va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining (94) rekordini yangiladi.
Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol urdi.
Fikrlar