Kim Klopp taklifini qabul qiladi?

  • 21.10.2020 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”ning asosiy himoyachisi Virjil van Deyk og‘ir jarohat tufayli mavsumni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Yurgen Klopp niderlandiyalik futbolchi o‘rniga kuchli markaziy himoyachi olishga qaror qildi.

Qishki transferlar vaqtida liverpulliklar birinchi bo‘lib  “Shalke” vakili Ozan Kabakni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda.

Kloppning ro‘yxatidan “Brayton” himoyachisi Ben Uayt ham joy olgan. O‘tgan mavsumda “Lids” tarkibida ijarada o‘ynagan Uayt “Brayton”ga qaytganidan keyin, klub xo‘jayinlari uni olib qolgan edi. Uning xaridorlari ko‘pligi uchun olish oson bo‘lmaydi.

Agar “Liverpul” bu ikki futbolchini transfer qila olmasa, “Chelsi”da bosh murabbiy bilan kelisha olmay, klubni tark etish istagida yurgan Antonio  Ryudigerga ish taklif qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!