Klichko Entoni Joshuani Arnold Shvartseneggerga o‘xshatdi
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko ushbu vaznda IBF, IBO va WBA (Super) kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshuaning jismoniy holatini baholab o‘tdi. Jang bugun tunda Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
– Joshuani hozirgidek holatda hech qachon ko‘rmaganman. U xuddi Arnold Shvartseneggerning eng yaxshi davrlaridagi kabi ko‘rinadi. Men bokschiman va kuchli zarbaga eagaman. Menda bo‘lajak jang oldidan bu mening boks kecham ekanligi hissi bor, – deydi Klichko.



Fikrlar