Klopp: Futbolga qaytsam, aynan shu jamoani boshqaraman!

  • 08.03.2026 10:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp yana murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin.

Klopp 2024 yilning yozida “Liverpul”ni tark etganidan keyin “Red Bull” korporatsiyasida futbol yo‘nalishi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, u lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Madridning “Real” klubi Yurgen Kloppni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilish uchun asosiy da’vogар hisoblanadi.

Sky Sports nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Qirolik klubi” rahbariyati nemis mutaxassisini bir necha yildan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda va uning sifatlarini, xususan jamoalarni uzoq muddatli muvaffaqiyatli davrlarga olib chiqish qobiliyatini yuqori baholaydi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida hozircha rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tmagan. Biroq agar Klopp klub futbolida murabbiylik faoliyatiga qaytishga qaror qilsa, aynan “Real”ni boshqarishga moyillik bildirgani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!