
Klopp: Muxlislardan faqat kechirim so‘rashim mumkin
Yurgen Klopp "Liverpul"ning mag‘lubiyati va APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.
Kecha "qizillar" APL 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bellashuvda "Everton"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayni vaqtda mersisaydliklar "Arsenal"dan 3 ochko ortda bormoqda. Shuningdek, 2 ta zaxira o‘yini mavjud bo‘lgan "Siti"dan 1 ochko oldinda.
- "Liverpul" chempionlikni qo‘lga kirita oladimi?
- Agar "Arsenal" va "Siti"da vaziyat juda yomon tus olsa, ha.
- Ochig‘i, bilmadim. Bugun muxlislardan faqat kechirim so‘rashim mumkin. Biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi, ammo bunday qilmadik".
Fikrlar