Klopp “Siti”ning chempionligini tan olmadi

  • 3 yanvar, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp peshqadam jamoa – “Manchester Siti”dan o‘zib ketish imkoniyati borligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Hozircha, ketma-ket 11 marotaba g‘alaba qozongan manchesterliklardan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan liverpulliklar birinchi o‘rinda borayotgan Xosep Gvardiola shogirdlaridan 12 ochkoga ortda qolmoqda.

- Qishdagi peshqadamlik premer-liga g‘olibligini bermaydi. “Siti” hammadan o‘zib ketdi, ular bunga loyiq, lekin biz bir urinib ko‘raylik. Faqat bitta jamoa chempion bo‘ladi.  Hal qiluvchi palla aprelga to‘g‘ri keladi. Kimnidir quvib etishning yagona usuli barcha uchrashuvlarda g‘olib chiqishdir, lekin bu oson emas, - dedi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!