Kokorin "Spartak" bilan kelishib olgan
"Spartak" hujumchisi Aleksandr Kokorin jamoadan ketmoqchi emas.
Metaratings xabariga ko‘ra, Kokorin "qizil-oqlar" bosh direktori Shamil Gazizov bilan kamida bir mavsum jamoada qolish bo‘yicha kelishuvga ega.
Moskva klubi forvardni keyingi yilning yozida bo‘lib o‘tadiga "Evro-2020" musobaqasidan keyin sotadi. Oldinroq ma’lum qilinganidek, futbolchining tovon puli 7 mln evro hisoblanadi.
Biroz avvalroq, Rimning "Roma" klubi Kokorin xizmatlariga qiziqish bildirib, rus klubiga taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar