Konate "Barselona"ni rad etdi. Fransiyalik himoyachi "Real"ni tanladi

  • 03.06.2026 06:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ibraima Konate faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Avvalroq Frantsiya terma jamoasi himoyachisini oʻz safiga qoʻshib olishga "Real" yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadi.

ESPN maʼlumotiga koʻra, Konatening amaldagi jamoasida qolmasligi aniqlashgach, uning transferi boʻyicha birinchi boʻlib "Real" harakat boshlagan. Shuningdek, himoyachiga "Barselona", "Bavariya" hamda Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan.

Manbaga koʻra, Konate dunyoning eng yirik klublaridan biri sanaladigan "Real" safida toʻp surish imkoniyatidan juda mamnun. Futbolchi transfer boʻyicha kelishuv 2026 yildagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin yakunlanishini istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!