Konor Makgregor 18 oyga diskvalifikatsiya qilindi

  • 8 oktabr, 11:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 18 oyga musobaqalardan chetlashtirildi. Bu haqda "USADA" (AQSh antidoping agentligi) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregor 2024 yilda uch marta o‘z joylashuvi haqida ma’lumot bermagan, natijada inspektorlar undan doping sinovlari uchun biomaterial ololmagan. Qoidalarga ko‘ra, bu avtomatik ravishda antidoping siyosatini buzish hisoblanadi.

Biroq irlandiyalik jangchi tergov davomida to‘liq hamkorlik qilgani va o‘z aybini tan olgani sababli, odatda ikki yilga beriladigan diskvalifikatsiya muddati 18 oygacha qisqartirildi.

Shunday qilib, Konor Makgregor oktagonga 2026 yil 20 mart kuni qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!