Konor Makgregor va Iliya Topuriya jangi tashkil etilsa, kim g‘olib bo‘ladi? Arman Tsarukyan javob berdi

  • 31.07.2025 13:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan irlandiyalik Konor Makgregor va engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya o‘rtasida jang tashkil etilsa, kim  g‘alaba qozonishini aytdi.

"O‘ylashimcha, pik formasidagi Makgregor hozirgi Iliyani mag‘lub etgan bo‘lardi. Chunki Konor formasining eng cho‘qqisida hech qanday zarbani o‘tkazib yubormasdi hamda o‘zi juda kuchli zarba yo‘llardi", - dedi Tsarukyan "Global Reality" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor "UFC 264" turnirida Dastin Poredan 1-raundda texnik nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!