
Konor Meyvezerni ringga chaqirdi. Jang qachon?
UFC sobiq chempioni Konor MakGregor mag‘lubiyat nimaligini bilmagan professional bokschi Floyd Meyvezerni revansh jangiga chorladi.
- Avvalgi jang zo‘r bo‘lgandi. Dastlabki raundlarni ham, oxirigilarni ham o‘z foydamga yakunlagandim. Hatto oyoqlarim toliq qolganda ham undan tezkorroq edim. Ko‘plab boks yulduzlarining ishonchini qozondim. Ayniqsa, Mayk Taysonni. To‘qnashuvning ikkinchi qismiga tayyorman, - dedi Konor MakGregor.
2017 yildagi jangda Konorni 10 raundda texnik nokautga uchratgan Meyvezer hali bu taklifga javob bergani yo‘q. Shu bois revansh jang bo‘ladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar