
Ko‘plab klublar Rossiya premer-ligasida jamoalar sonini oshirish taklifini ma’qullashdi
Kecha Rossiya premer-ligasi klublarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida RPLda ishtirok etuvchi jamoalar sonini oshirish masalasi ham muhokamaga qo‘yildi. Ko‘plab jamoalar premer-liga ishtirokchilari sonini 16 tadan 18 taga oshirish taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. Faqatgina, “Zenit” va “Spartak” klublari bunga qarshi ovoz berishgan xolos.
RPL prezidenti Sergey Pryadkinning aytishicha ushbu islohotlar 2022 yildan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Fikrlar