
Koronavirusga gumon tufayli “Navbahor” futbolchilari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirilganini xabar qilgan edik.
O‘zbekiston Professional futbol ligasining bu qarorga kelishiga “Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinayotgani sabab bo‘lgan.
Endi Coca Cola Superliganing avvalgi turida “Bunyodkor” bilan kuch sinashgan Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilarining holati ham bugundan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ayni paytda “Navbahor” vakillarining birortasida koronavirus alomatlari kuzatilmayapti va ular o‘zini yaxshi his qilmoqda.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur holatdan kelib chiqib, Superliga uchrashuvlarining keyingi rejalarini ishlab chiqadi.
Bu boradagi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar