Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatidagi g‘alaba haqida gapirdi

  • 22 noyabr, 2022, 06:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatidagi g‘alaba eng yaxshi futbolchi masalasini hal etish-etmasligi haqida gapirdi.

Tecno

"Men bunda alohida biror narsa ko‘rmayapman. Portugaliya chempionlikni qo‘lga kiritgan taqdirda ham bu bahslar hech qachon tugamaydi.

Hayot shunday - kimgadir ko‘proq yoqadi, kimgadir kamroq. Kimdir sariq sochlilarni yoqtirsa, boshqa birov qora sochlilarni xush ko‘radi. Har doim shunday bo‘lgan.

Albatta men bu turnirda g‘alaba qozonishni istayman. Biroq faoliyatimda boshqa sovrin yuta olmagan taqdirimda ham baribir o‘zimni baxtli hisoblayman",-dedi 37 yoshli hujumchi.

Ma’lumot uchun, portugaliyaliklar JChdagi yurishini 24 noyarb kuni Ganaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!