Kroos “Real”ga qaytishi mumkin

  • 12.04.2026 16:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachi Toni Kroosni klubga qaytarish ustida ishlamoqda. "Qaymoqranglilar" jahon chempioni ularning sport tuzilmasida bo‘lishini xohlashadi. Bu haqida AS xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya grandi Kroosning klubning kundalik ishiga qo‘shgan hissasi, lavozimidan qat’i nazar, uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, sobiq futbolchining qaytishini shaxsan "Real" prezidenti Florentino Peres talab qilmoqda, biroq hamkorlik tafsilotlari hozircha aniqlanmagan.

Kroos 2014 yildan 2024 yilgacha faoliyatini yakunlagunga qadar "qaymoqranglilar" safida o‘ynagan. Ushbu davrda yarim himoyachi besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!