
Kuba va o‘zbekistonlik professional bokschilar o‘rtasida sparring janglar o‘tkazildi
Xabaringiz bor, yurtimizda kubalik professional bokschilar o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ular 15 dekabr kuni Toshkentda tashkil etiladigan professional boks kechasida navbatdagi reyting janglarini ham o‘tkazishar ekan. Kecha, “Dinamo” sport majmuasida, murabbiylar Nabijon Ismonov, Zufar Sulaymonov hamda Dilshod Abdurahmonovlar boshchiligida Kubadan tashrif buyurgan charmqo‘lqop ustalari va o‘zbekistonlik bokschilar o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan birga sparring janglar o‘tkazildi.
Mazkur sparring janglarida kubalik Leonar Peres, Luis Bayanolar bilan birga yaqindagina havaskor boksda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Shuhrat Abdullaev, Hamid Hakimovlar ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulot yig‘inlari doirasida, anchagina mashhurlikka erishib borayotgan Ravshanbek Umurzaqov, Doston Turdiev, Abdulaziz Najmiddinov, Javohir Fozilovlar ham navbatdagi janglariga hozirlik ko‘rishmoqda.
Fikrlar