Kulibali: MYu ga o‘tishim shunchaki mish-mish

  • 11.10.2019 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali o‘zining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

“MYuga o‘tishim mumkinmi? Men allaqachon bu mish-mishlarga o‘rganib qolganman. Chunki, OAV deyarli har kuni mening ketishim haqida yozishadi. Men esa “Napoli” bilan birga “Skudetto”da g‘alaba qozonishni xohlayman”, - deydi 28 yoshli senegallik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. Neapolliklar esa 13 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!