Kuman "Barselona"da qoladi! Buni prezident aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqin orada iste’foga chiqarilmaydi.
Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta, bugun bo‘ladigan "Atletiko"ga qarshi o‘yinda qanday hisob qayd etilishidan qat’iy nazar niderlandiyalik mutaxassisni ishdan olmaslikka va’da berdi.
"Natijadan qat’i nazar, Kuman jamoada qoladi. Siz ishonishingiz kerak. Bu bizning falsafamiz.
Bundan tashqari, murabbiy "Barsa"ga inqiroz paytida kelganini ham inobatga olaylik. O‘rtamizda yaxshi va samimiy munosabatlar bor. Ronald yaxshi inson, u men haqimda ham shunday fikrda. Hammamiz vaziyatni "Barselona" foydasiga o‘zgartirishga harakat qilyapmiz ", - dedi Laporta Marca nashriga bergan inetrvyusida.
"Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar