Kuman ikki transferdan voz kechdi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman ikkita futbolchini transferi bo‘yicha klub mutasaddilari olib borayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘ydi.
Kataloniyaliklar “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sanshesh va “Atalanta” himoyachisi Kristian Romeroni jamoaga olib kelish bo‘yicha ishlayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik murabbiy bu futbolchilar “Barsa” tarkibini etarli darajada kuchaytira olishiga ishonmagan va shu bois ularni taklif qilish fikridan qaytgan.
O‘tgan mavsumda “Lill”ning Frantsiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Renatu Sanshesh jami 29 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi.
Romero esa “Atalanta” safida jami 42 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va beshta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar