Kuman: "Laporta o‘z imijini saqlab qolmoqchi"

  • 14.05.2023 16:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Laporta o‘z imidjini saqlab qolmoqchi, chunki Messi aynan uning qo‘l ostida ketgan. Lekin Lionel qaytmaydi deb o‘ylayman. Uning do‘stlari Alba va Buskets jamoani tark etishdi. Ularning uchalasi ham MLS yoki Saudiya Arabistoniga o‘tishsa, hayron bo‘lmayman", - deya niderlandiyalik murabbiyning gaplarini keltiradi "Mundo Deportivo". 

Messi "Barselona" akademiyasida tarbiyalangan. Argentinalik yulduz 2005 yildan 2021 yilgacha "ko‘k-anorranglilar" asosiy jamoasida o‘ynagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!