Kundening xaridi “Barselona”ga qimmatga tushdi

  • 2 avgust, 2022, 12:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin "Sevilya"ni "Barselona"ga almashtirgan frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde keyingi 5 yil ichida Kataloniya klubida bonuslarni hisobga olmaganda 57,5 ​​million evro ishlab oladi, deb xabar beradi “Cadena SER” nashri.

Manbaga ko‘ra, Kunde "Barselona"dagi birinchi mavsum 9,5 million evro ishlab topadi. Keyingi to‘rt yil ichida esa soliqlardan tashqari 12 million evrodan maosh oladi. Shuningdek, 23 yoshli futbolchining shartnomasida klubning 60% uchrashuvlarida qatnashsa, 2 million evro va qo‘lga kiritilgan sovrinlar uchun esa 1 million evro miqdoridagi bonusga ega chiqadi.

Futbolchining transfer summasi kataloniyaliklar uchun 50 million evroga tushdi. Turli xil bonuslarni hisobga olsak, bu miqdor 62,5 milliongacha oshishi mumkin.

Avvalroq, Kundening o‘zi Londonning "Chelsi" klubiga o‘tishi mumkinligini tan olgandi. Biroq "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta, klub muxlislari va bosh murabbiy Xavi sabab futbolchi "Barselona"ni tanladi.

Ma’lumot o‘rnida, Kunde o‘tgan mavsum “Sevilya” safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!