la liga. 98-daqiqadagi gol "sevilya"ni ochkodan mosuvo etdi

Ueska shahridagi "El-Alkoras" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 7-daqiqada Xuanpi hisobni ochdi. 84-daqiqada esa Vissam Ben-Yedder penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 

Bellashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan sakkizinchi daqiqada esa Luis Avilaning aniq zarbasi evaziga "Ueska" 3 ochkoni ilib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!