La Liga. "Barselona" yana mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

  • 28.09.2025 23:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 7-turida Xans-Diter Flik murabbiyligidagi "Barselona" klubi o‘z uyida "Real Sosedad"ni qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 
 
"Ko‘k-anorranglilar" bu turda ham mag‘lubiyatga uchrayotgan paytda kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi. Lamin Yamal esa zaxiradan maydonga tushib, muhim ro‘lni o‘ynadi. 
 
Uchrashuvning 31-daqiqasida Alvaro Odriosola hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lim yakunlanayotganda esa Jyul Kunde oradagi farqni yo‘qqa chiqazib, bo‘lim 1:1 bilan tugashini ta’minladi. To‘qnashuvdagi muhim golni esa 59-daqiqasida Yamalning uzatmasini Robert Levandovskiy golga aylantirib, kataloniyaliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
83.png

Barselona

  • Jules Koundé 43'
  • Robert Lewandowski 59'
Tugadi
2 : 1

28.09.2025 21:30

594.png

Real Sociedad

  • Álvaro Odriozola 31'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!